Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro turnir g‘olibiga aylandi

eʼlon qilindi
Ikkita g‘alaba va bitta durang natijalarini qayd etib jamoalar ichida birinchi bo‘ldi
Rasm: OʻFA

Xitoyning Lanzhou shahrida 12-iyul kuni start olgan futzal bo‘yicha «CFA International Women’s Futsal Tournament Lanzhou – 2024» turnirida qizlarimiz g‘alaba qozondi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA).

Musobaqada hamyurtlyarimiz Eron, Xitoy va Vyetnam jamoalariga qarshi to‘p surishdi. Birnichi o‘yin 12-iyul kuni o‘tkazilib, Eron 7:5 hisobida mag‘lub etildi. 13-iyul kuni esa terma jamoa Xitoy vakillari ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bugun qizlarimiz Vyetnam jamoasi bilan 5:5 hisobida duranga kelishdi.

Shunday qilib, Farrux Zokirov shogirdlari ikkita g‘alaba va bitta durang natijalarini qayd etib jamoalar ichida birinchi bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari aniqlanganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek