Bitta ipotekaning oʻrtacha narxi 221 mln soʻm qiymatdan 262,7 mln soʻmga ko‘tarilgan

eʼlon qilindi
Ipoteka olganlar soni 31 699 nafardan 26 201 nafargacha kamaygan
Foto: Egorrr / www.depositphotos.com

Markaziy bank 2024-yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi holatni e’lon qildi. Bu haqda Markaziy bankning Telegram-kanalida ma’lumot e’lon qilindi.

Diagrammaga ko‘ra, ajratilgan ipoteka miqdori jami 6,88 trln soʻmni tashkil etgan. 2023-yil bilan solishtirilganda, ushbu miqdor 7 trln so‘mgacha yetgan.

Shuningdek, ipoteka olganlar soni 31,7 ming nafardan 26,2 ming nafargacha kamaygan bo‘lsa, bitta ipotekaning oʻrtacha narxi 221 mln soʻm qiymatdan 262,7 mln soʻmga ko‘tarilgan (deyarli 19%ga).

Undan tashqari, davlat dasturi 3,88 trln soʻmdan 3,67 trln soʻmgacha, ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi 1,09 trln soʻmdan 0,85 trln soʻmgacha qisqargan. Tijoriy ipoteka ajratish esa 2,03 trln soʻmdan 2,36 trln soʻmgacha ortgan. Davlat dasturi yuzasidan ipoteka stavkasi o‘zgarishsiz 17,9 % darajasida, tijoriy ipotekaning oʻrtacha stavkasi esa 24,3% dan 25,1% gacha yuqorilagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar ko‘proq pullarini ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltira boshlaganlari haqida xabar bergan edik.

Avvalroq «Kursiv» qaysi banklardan rasmiy ish haqisiz ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek