«Korzinka» supermarketlar tarmogʻiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

eʼlon qilindi
Supermarket noto‘g‘ri reklamadan foydalangan
Foto: «Korzinka»

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi «Anglesy Food» MCHJ («Korzinka» nomli supermarketlar tarmogʻi)ga nisbatan ish qoʻzgʻatdi.

Ma’lum qilinishicha, «Korzinka» supermarketlar tarmogʻi tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida «Kundalik xaridlarga eng arzon narx», «Eng arzon narx – Korzinkada», «…Eng unumlisiga keling!» degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan soʻz jumlalaridan foydalanilgani kuzatilmoqda.

Mazkur reklama axborotida qayd etilgan ma’lumotlarni oʻrganish natijasida aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak boʻladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat boʻlgan katalog joriy qilingani ma’lum boʻldi.

Shuningdek, ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmogʻi hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlari boʻyicha oʻtkazilgan monitoringlar natijasiga koʻra, solishtirilganligi hamda taqqoslash uchun har bir tovarning alohida emas, balki savatning (katalogning) umumiy narxi olinganligi Qoʻmita tomonidan aniqlandi.

Xususan, «eng arzon narx» deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari boʻyicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi.

Reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin.

Yuqoridagilarga koʻra, OʻzR «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonuni 16-moddasi birinchi qismi va Oʻzbekistonning «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan «Anglesy Food» MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

Avvalroq «Kursiv» Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi O‘zbekiston – Xitoy sement zavodiga qarshi ish ochgani haqida yozgan edi. Kompaniya narx dempingida gumon qilinmoqda.

Shuningdek