O‘lchovli oltin quymalar va sotuv tangalarining yangi narxlari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, 15-iyul kuni o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi 5,043 mln so‘mni, 10 grammi 10,086 mln so‘mni, 20 grammi 20,173 mln so‘mni va 50 grammi 50,432 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Esdalik tangalar esa 15 grammi 15,277 mln so‘m, 20 grammi 20,369 mln so‘m qiymatga ega bo‘lib turgan bo‘lsa, 31,1 gramm oltin tanga 31,674 mln so‘m, xuddi shuncha gramm kumush tanga 777 ming so‘m narx bilan baholanmoqda.
12-iyuldagi narxlar bilan solishtirilganda, o‘tgan qisqa muddat ichida bir gramm oltinning narxi 800 so‘mga qimmatlashgan. Esdalik tangalari misolida ham narxlarda o‘zgarish kuzatilgan. Misol uchun, 31,1 gramm oltin tanga 25 ming so‘m ko‘tarilgan bo‘lsa, xuddi shuncha gramm kumush tanga 7 ming so‘m arzonlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zR Markaziy banki bir necha oy davomida oltin sotmagani haqida yozgan edik.