Kuvayt neft korporatsiyasi (KPC) Fors koʻrfazidagi Failaka oroli sharqida yirik Al Nohata neft koni topilgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning zaxiralari mamlakatdagi butun ishlab chiqarishning uch yillik qiymatiga teng, dedi korporatsiya bosh direktori Shayx Navaf Saud Al-Saboh.
Al-Sabohning ta’kidlashicha, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, konda taxminan 2,1 milliard barrel neft va 5,1 trillion kub fut gaz boʻlishi mumkin, bu taxminan 3,2 milliard barrel neft ekvivalentiga teng.
Kuvayt dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK+) ma’lumotlariga koʻra, 2022-yil yakunida ushbu koʻrsatkich boʻyicha u dunyoda oltinchi oʻrinni egalladi va mamlakatning umumiy neft zaxiralari 100 milliard barreldan koʻproq yoki jahon umumiy zaxirasining 6,55 foizini tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» OPEK+ neft qazib olishni qisqartirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.