Yangiliklar

MDHda yashil obligatsiyalar hajmi $6,7 milliarddan oshdi

Cbonds ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: gunnar3000/Depositphotos

2024-yil iyun oyi oxirida muomaladagi yashil obligatsiyalar hajmi $2,59 trillionni tashkil etdi. «Cbonds» kompaniyasining ESG Newsletter hisobotiga ko‘ra, MDH mamlakatlari ulushi $6,71 mlrd.

G‘arbiy Yevropa davlatlari $1,64 trln, rivojlanayotgan bozorlar $469,2 mlrd va Osiyo davlatlari (Yaponiyadan tashqari) $325 mlrd bilan yetakchilik qilmoqda.

Joriy yilning aprel-iyun oylarida yangi yashil obligatsiyalar chiqarish hajmi $142,86 milliardga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida O‘zbekiston birinchi marta uchta valyutada – dollar, yevro va so‘mda suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra, yevrodagi xalqaro obligatsiyalar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun chiqarilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda yashil obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha talablar ishlab chiqilgani haqida e’lon qilgan edi.