Oʻzbekistonda pomidor, banan va bodring narxi arzonlashdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar berdi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda joriy yilning iyun-iyul oylarida pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarining narxi arzonlashdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar berdi.

Qayd etilishicha, MHTI mutaxassislari tomonidan Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishi koʻrib chiqildi.

Monitoring natijalari 12 xil mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganini koʻrsatdi. 9 nomdagi mahsulotning eng past narxi oʻzgarishsiz qolgan. Guruch, bugʻdoy uni, shakar shular jumlasidan.

Ma’lumot uchun, tahlil 13-iyun va 11-iyul kunlari oʻtkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda meva-sabzavot narxining pasayishi fonida deflyatsiya qayd etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek