15-iyul, dushanba kuni O‘zbekistonda o‘rtacha kunlik havo harorati +30…+35° bo‘ladi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlari, shuningdek, Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida bugun sinoptiklar +32…+34°, shamol tezligi 10-13 m/s gacha yetishi mumkin (12 balli Bofort shkalasi bo‘yicha besh-olti ball) bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Togʻli hududlarda havo +22…+27° gacha qiziydi. Sel va suv toshqinlari xavfi mavjud.
Avvalroq «Kursiv» issiqdan qanday himoyalanish mumkinligi haqida yozgan edi.