2024-yilning yanvar – iyun oylarida Oʻzbekistonga 3,5 mln nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.
Mazkur davrda sayyohlarning eng koʻp oqimi Qirgʻizistonga toʻgʻri keldi – 1,05 mln nafar. Keyingi oʻrinda 1,04 mln nafar turist bilan Tojikiston joy oldi.
Uchinchi oʻrindan 668,4 ming nafar sayyoh bilan Qozogʻiston joylashgan boʻlsa, Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 364,5 ming nafarni tashkil etdi.
Turkmanistondan 67,2 ming nafar, Turkiyadan 51,9 ming nafar, Xitoydan 28,7 ming nafar turist Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Shuningdek, Hindiston (28,2 ming nafar), Janubiy Koreya (19,6 ming nafar), Italiya (17,7 ming nafar) va boshqa mamlakatlardan (181 ming nafar) turist kelgan.
Avvalroq «Kursiv» tijorat maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet fuqarolarining soni haqida xabar bergan edi.