Yangiliklar

Pavel Durov Qozogʻistonga tashrifi taassurotlari bilan boʻlishdi

Telegram asoschisi Qozog‘istonning qator shaharlarida bo‘ldi
Foto: Pavel Durov / Telegram

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan soʻng Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Durov oʻzining Telegram kanalida malum qildi.

«Yaqinda Markaziy Osiyoning iqtisodiy markazi Qozogʻistondan qaytib keldim. Qozogʻistonning goʻzalligini faqat uning ambitsiyalari bilan solishtirish mumkin», deb yozgan Durov.

U Ostona, Olmaota, Burabay shaharlari va Charin kanyonida boʻlganini qoʻshimcha qildi.

Durovning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonda Telegramʼdan har oy 12,5 million kishi foydalanadi.

«Biz Qozogʻiston xalqi uchun asosiy aloqa platformasi ekanligimizdan faxrlanamiz va ularning tez iqtisodiy va raqamli transformatsiyasini tezlashtiruvchi vosita boʻlib qolishda davom etamiz», deydi u.

Avvalroq «Kursiv» Pavel Durovning Oʻzbekistonga tashrifi haqida xabar bergan edi.