Fuqarolarning pensiya masalasidagi savollariga javob olish uchun yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Avvalroq, fuqarolar pensiyaga oid savollari bilan 1271 ishonch raqami orqali murojaat qilishlari mumkin edi. Tizim foydalanuvchilari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida endi Facebook orqali ham ushbu mavzuga doir savollariga javob olishlari mumkin bo‘ladi.
Pensiya mavzusidagi murojaatlar Pensiya jamg‘armasining Facebook sahifasida ushbu havola orqali murojaatlar qabul qilinadi.
Avvalroq «Kursiv» uydan chiqmagan holda nafaqa miqdorini qanday bilish mumkinligi haqida yozgan edi.