Rossiya Federatsiyasida migrantlar uchun moslashuv kursi ishlab chiqildi
Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik (MIFA) migrantlar uchun ma’ruza shaklida moslashish kursini ishlab chiqdi, deb yozadi «Kommersant».
70 daqiqalik ma’ruza davomida chet elliklarga Rossiyadagi xulq-atvor normalari, mehnat qonunchiligi va qonunlarni buzganlik uchun mumkin bo‘lgan jazolar haqida so‘zlab beriladi.
Ma’ruza tarixiy blokni o‘z ichiga oladi. Unda Sovet Ittifoqidan olingan mablag‘lar Markaziy Osiyoning muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam bergani va mintaqada yangi alohida davlatlarning paydo bo‘lishiga asos solganini eslatib o‘tadi.
Xorijiy fuqarolar ekstremistik va terroristik harakatlar va mitinglarda qatnashmasliklari haqida ogohlantiriladi.
Yangi kurs joriy yilning sentabr oyidan Rossiya hududlarida joriy etilishi kutilmoqda. Biroq qonun hujjatlarida uni majburiy o‘tish nazarda tutilmagan.
Hududlararo «PSP-fond» resurs markazi direktori Boris Panichning «Kommersant»ga aytishicha, kursdan o‘tish Rossiya Federatsiyasida ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish uchun zaruriy shart bo‘lishi kerak. Alohida imtihon ham joriy etilishi kerak.
Avvalroq «Kursiv» Rossiya politsiyasi ekstremistik va terrorchilik xavfi tufayli mehnat muhojirlarini tekshirayotgani haqida e’lon qilgan edi.