Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim «yashil» energetika va sanoat masalalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

15-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan, Malayziya bosh vazirining joriy yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi koʻrib chiqildi.

Sanoat, «yashil» energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, gumanitar almashinuv va ziyorat turizmi boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

Avvalroq «Kursiv» Malayziya bosh vaziri Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek