Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlarida nosozliklar qayd etilgan. Buning sababi banklarning axborot tizimlaridagi nosozlik, deya xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.
«Tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilishi bilan elektron soliq xizmatlaridan to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi», deya aniqlik kiritdi Soliq qo‘mitasi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida xakerlar Uznetning 30 ta saytini buzishga muvaffaq bo‘lgan edi. Oʻzbekiston Kiberxavfsizlik Markazi oʻzbek portallariga hujum qilgan yetti davlatdan 11 xakerlik guruhini aniqladi.
Avvalroq «Kursiv» Beeline Uzbekistan mobil operatori ishidagi uzilishlar haqida yozgan edi.