Toshkentning bir qator ko‘chalarida transport harakati cheklandi

eʼlon qilindi
Ularda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Foto: Photobes / www.depositphotos.com

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 15-iyul soat 00:00 dan boshlab ayrim ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtotransport vositalari harakati cheklandi.

Temur Malik va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik va Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha transport harakati cheklandi. Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk Ipak yo‘li va Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan hudud ham to‘sib qo‘yilgan.

Foto: Tuman hokimligining Telegram kanali

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi yo‘llardan biri bir oy davomida to‘sib qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek