16-iyul kuni respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Janubiy hududlarda kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: Piqsels

Bugun, 16-iyul kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. O‘zbekistonning janubiy hududlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 33-39 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi. Ertalab va kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 33-35 daraja issiq va kechasi esa 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja issiq va kechasi 10-15 daraja iliq havo bo‘ladi.

Shuningdek