Yangiliklar

Apple aksiyalari narxi 2,5 foizga oshdi

Morgan Stanley tavsiyalaridan so‘ng
Foto: Piqsels

15-iyul, dushanba kuni Apple aksiyalari 2,5 foizga qimmatlashdi. Morgan Stanley kompaniyaning qimmatli qog‘ozlarini «eng yaxshi tanlov» deb atadi, deya xabar beradi Reuters.

«Bu yil qariyb 20 foizga o‘sgan «Apple» aksiyalari 236,30 dollargacha ko‘tarilib, kompaniyaga bozor qiymati 3,62 trillion dollarni tashkil etdi, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich», deb yozdi Reuters.

O‘tgan oy iPhone ishlab chiqaruvchisi «Apple Intelligence»ni taqdim etdi. Morgan Stanleyning fikricha, ushbu platforma iPhone va iPad’larning sotilishini oshirish katalizatoriga aylandi.

Tahlilchilarning fikricha, kompaniya ikki yil ichida deyarli 500 million smartfon sotishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Apple aksiyalari sun’iy intellektning (AI) sekin tatbiq etilishi tufayli qiymatini yo‘qotayotgani haqida yozgan edi.