Yangiliklar

Dollar ikki kunda deyarli 50 so‘mga arzonlashdi

Foto: Andreas Lischka / Pixabay

16-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,59 so‘mga pasaydi va 12 586,03 so‘mni tashkil qildi.

Banklarda AQSh valyutasi 12 545 – 12 605 so‘mdan xarid qilinmoqda va 12 650 – 12 670 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni O‘zbekistonda dollarning narxi 27,65 so‘mga pasaygan edi.