Yangiliklar

Endi bolalarga oilaviy zo‘ravonlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

126-1 moddaga o‘zgartirishlar kiritilmoqda
Foto: Pixabay.com

Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik ham qo‘shilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra amaldagi normada er-xotin yoki oilaning boshqa a’zolariga qilingan zo‘ravonlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lar edi. Ammo bolaga nisbatan qilingan zo‘ravonlik kiritilmagan edi. Endi esa bolalarga qilingan oilaviy zo‘ravonlik ham javobgarlikka tortilishga asos bo‘ladi. Bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish jazolanishi haqida yozgan edik.