Davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet el fuqarolarining soni ortib bormoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga ko‘p
Foto: AndreyPopov / depositphotos.com

2024-yilning yanvar – iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 foizga oshgan.

Mazkur davrda davolanish maqsadida eng koʻp kelganlar Tojikistonga toʻgʻri keldi – 43 ming nafar. Keyingi oʻrinda 6,6 nafar bilan Qozogʻiston joy oldi.

Shuningdek, uchinchi oʻrinda 5,4 ming nafar bilan Qirgʻiz Respublikasi joylashgan boʻlsa, Rossiyadan kelganlar soni 925 nafarni tashkil etdi.

Turkmanistondan dastlabki olti oyda 462 nafar, Turkiyadan – 23 nafar, Afgʻonistondan esa 16 bemor davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, ular qatorida Ozarbayjon 9 nafar, Ukraina 8 nafar, AQSH 7 nafar hamda boshqa mamlakatlardan 37 nafar fuqaro davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga olti oyda 3,5 mln nafar sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek