Oʻzbekiston Markaziy banki iyun oyida 11 ta bankni jarimaga tortdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda regulyator hisobotida ma’lum qilindi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Oʻzbekiston Markaziy banki iyun oyida 11 ta bankka jarima sanksiyasini qoʻlladi. Bu haqda regulyator hisobotida ma’lum qilindi.

Oʻtgan oy davomida Markaziy bank bitta mikromoliya tashkiloti (MMT) va bir lombardni jarimaga tortdi.

Shuningdek, regulyator iyun oyida umumiy 42 ta masalani koʻrib chiqdi. Shundan 28 tasi roʻyxatga olish va ruxsatnomalar berish bilan bogʻliq. Mikromoliya tashkilotlariga litsenziyalar berish va ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, bank nazorat qoʻmitasi tomonidan tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyida regulyator 11 ta tijorat bankini jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek