Respublikachilar partiyasi AQSh prezidentligiga nomzod bo‘yicha qaror qabul qildi
Amerika Respublikachilar partiyasining qurultoyida Donald Tramp AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatiladi. Delegatlarning aksariyati unga ovoz berdi.
Tadbir bir kun avval Viskonsin shtatida boshlangan. Qurultoy 18-iyulga qadar davom etadi.
O‘z nomzodini qo‘ygandan so‘ng, Tramp Ogayo shtati senatori Jey Di Vensni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qildi. Tahlilchilar qayd etganidek, bu siyosatchi barcha asosiy siyosiy masalalarda Tramp bilan hamfikr.
Tramp AQShning 45-prezidenti bo‘lgan. U mamlakatni 2017-yilning 20-yanvaridan 2021-yilning 20-yanvarigacha boshqargan. O‘sha davrda respublikachilar tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan edi.
AQShda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq «Kursiv» 13-iyul kuni saylovoldi tashviqoti paytida Trampga suiqasd uyushtirilganini e’lon qilgan edi. O‘q siyosatchining qulog‘ini teshib o‘tgan.