Soliq qoʻmitasining sun’iy intellekt bazasida yaratilgan DavrOn virtual yordamchisi qanday ishlamoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Virtual yordamchisi fuqarolarga 24/7 rejimida ma’lumot berishga mo‘ljallangan
Foto: Image Creator

15-iyul kunidan Soliq qoʻmitasi tomonidan sun’iy intellekt (SI) bazasida yaratilgan DavrOn virtual yordamchisi ishga tushirildi. Bu haqda qoʻmita abxorot xizmati xabar berdi. Virtual yordamchi qanday ishlashini bilish maqsadida unga bir qancha savollar berib koʻrdik.

DavrOn professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida ma’lumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi oʻzbek, rus va ingliz tillarida muloqot qiladi.

Skrinshot: «Kursiv»
Skrinshot: «Kursiv»
Skrinshot: «Kursiv»

Bergan savollarimizga virtual yordamchi tomonidan batafsil javoblar berildi. Biroq yordamchi har doim ham savollarga to‘g‘ri javob bera olmasligini hisobga olish kerak. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ogohlantirdi.

«DavrOnʼning javoblari sizga ma’qul kelgani bilan birga ayrim noaniq yoki yanglish javoblariga ham duch kelayotgangizning guvohi boʻldim. Virtual soliq yordamchingiz endi ish boshlaganini inobatga olishingizni va u hozircha oʻqitish jarayonida ekanligini e’tiborga olishingizni soʻrayman», deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Virtual yordamchisi fuqarolarga 24/7 rejimida ma’lumot berishga moʻljallangan, DavrOn virtual yordamchisi ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

Avvalroq «Kursiv» soliq qoʻmitasi onlayn xizmatlardagi uzilishlar haqida ogohlantirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek