Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu mamlakatda 60 kun vizasiz qolishingiz mumkin
Foto: Jakgree / www.depositphotos.com

15-iyuldan Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejimni rasman joriy qildi.

Oʻzbekiston Bosh konsulligi ma’lumotlariga koʻra, ilgari 57 davlat fuqarolari Tailandga vizasiz kirishlari mumkin edi. Bu roʻyxatga Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston kabi 36 ta davlat qoʻshildi.

Yangi rejim barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi.

Ushbu rejimni joriy etish Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rag‘batlantirish maqsadida bir tomonlama amalga oshirildi va kelajakda bekor qilinishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Tailand elektromobillar ishlab chiqarish markaziga aylanishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek