«UzAuto Motors» xaridlar standartlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida «UzAuto Motors» avtomobil ishlab chiqaruvchisi xaridlar vaqtida qoidalarni buzgani haqida xabar tarqaldi. O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vaziyatga izoh berdi.
Xabarda aytilishicha, 8-iyul kuni kompaniya Nexia 2 avtomobillari uchun ehtiyot qismlarni 1,5 milliard so‘mga sotib olish bo‘yicha tender o‘tkazgan. Unda ikkita korxona ishtirok etgan, ularning rahbarlari yaqin qarindoshlar bo‘lib chiqqan.
Agentlik tergov jarayonida to‘plangan hujjatlar aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganini ma’lum qildi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil iyun oyida O‘zbekistonda avtomobillar savdosi deyarli 14 foizga kamaygani haqida yozgan edi.