«UzAuto Motors» yana Cobalt uchun shartnomalar ochadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtomobillar 17-iyulda sotuvga chiqariladi
Foto: Sportishka

17-iyul, chorshanba kuni soat 10:00 da «UzAuto Motors» Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnomani ochadi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Avtomobilni faqat savdo.uzavtosanoat.uz portali orqali xarid qilish mumkin, deya eslatdi UzAuto Motors.

«Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, kompaniya ilgari sotib olinmagan avtomobillarni muntazam ravishda qayta sotuvga chiqaradi. «UzAuto Motors» mijozlarga shartnoma bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishini eslatdi. Aks holda shartnomalar bekor qilinadi va mashinalar yana sotuvga chiqariladi.

«UzAuto Motors» kompaniyasi Cobalt’ni oxirgi marta iyul oyi boshida sotuvga qo‘ygan edi. 14,2 ming avtomashinaga shartnomalar tuzildi.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors xaridlar standartlarini buzgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek