Yandex: kompaniya O‘zbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritishda davom etadi

eʼlon qilindi
Xizmatlar nomi o‘zgartirilmaydi
Rasm: Yandex

O‘zbekistonda Yandex xizmatlari odatdagidek ishlamoqda. Mamlakatimizda yangi loyihalarni ishlab chiqish va ishga tushirishga sarmoya kiritish ham davom etadi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati «Kursiv»ga.

Yandex xizmatlar nomini o‘zgartirishni rejalashtirmaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Niderlandiya kompaniyasi Yandex N.V. Yandex aksiyadorlarini tark etdi.

Rossiyaning «Kommersant» nashriga ko‘ra, Yandex N.V. nomi Nebius Group deb o‘zgartirilishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» «Yandex Uzbekistan» 2024-yilning kuzida Toshkentdagi vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek