17-iyul kuni O‘zbekistonning janubida chang-to‘zonlar kuzatiladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor
Bugun, 17-iyul kuni respublikaning janubida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 34-37 daraja issiq, kechasi esa 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Aksariyat hududlarda sel kelishi xavfi bor. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja issiq va kechasi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.