AQSH olimlari OIVdan himoya qiluvchi dori yaratdi
eʼlon qilindi
Ijobiy natijaga erishish uchun in’ektsiya yiliga ikki marta qilinadi
Uganda va Janubiy Afrikada o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, OIV infeksiyasidan himoya qiluvchi yangi dori ishlab chiqildi, deb xabar beradi Neurology Advisor.
Sinovlar «Gilead Sciences Inc.» tomonidan o‘tkazildi. Klinik sinovlarda 2134 nafar ayol ishtirok etdi va ularning hech biri kasal bo‘lmadi. Endi kompaniya yana oltita mamlakatda tadqiqot olib bormoqda, endi sinovda erkaklar ham ishtirok etadi.
Ijobiy natijaga erishish uchun in’ektsiya yiliga ikki marta qilinadi. Doridan yiliga ikki marta foydalanish uchun $42 250 to‘lashi kerak bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda OIV/OITS infeksiyasiga chalinganlar soni qanchaga oshganini e’lon qilgan edi.