Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli koʻrsatkich bilan bir yilga beriladi
Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli koʻrsatkich bilan bir yilga beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minlashga bagʻishlangan yigʻilishda ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, imtiyoz va subsidiyalar natijasiga qarab muddati choʻzib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.
Davlat rahbari tomonidan mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion soʻmlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini koʻrish topshirildi.
Shuningdek, oʻtgan yili tadbirkorlarga 90 trillion soʻm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgani ta’kidlandi.
Avvalroq «Kursiv» yil boshidan buyon 20 mingta fuqaro ipoteka kreditlariga subsidiya olish uchun ijobiy xabarnoma olgani haqida xabar bergan edi.