Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi fransuzlarni mag‘lub etdi

eʼlon qilindi
Rasm: MOQ

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Fransiyaning «Reysing Grass» klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘z raqiblarini 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston terma jamoasi 18-iyul kuni Yangi Zelandiya terma jamoasi bilan uchrashadi.

Avvalroq «Kursiv» asli olmaliqlik Valdemar Anton Germaniyaning «Borussiya» futbol klubida o‘ynashini e’lon qilgan edi.

Shuningdek