Mask SpaceX va X shtab-kvartiralarini Texasga koʻchirishga qaror qildi

eʼlon qilindi
U bu haqda X tarmog‘dagi sahifasida ma’lum qildi
Foto: Hannibal Hanschke-Pool / Getty Images

Amerikalik milliarder Ilon Mask SpaceX va X shtab kvartiralarini Texasga koʻchirishga qaror qildi. Bu haqda tadbirkor oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida ma’lum qildi.

U SpaceXʼning Kaliforniyadan Texasga koʻchishiga Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom tomonidan qabul qilingan qonunni sabab qilib koʻrsatdi. Unga koʻra, maktab ota-onalarga farzandlarining jinsi yoki jinsiy oriyentatsiyasini oʻzgargani haqida xabardor qilishi shart emas.

Milliarderning qoʻshimcha qilishicha, X ijtimoiy tarmogʻining bosh qarorgohi giyohvandlar tufayli San-Frantsiskodan Texasning Ostin shahriga koʻchiriladi.

«Shunchaki agressiv giyohvandlar toʻdalaridan binoga kirish va chiqish uchun sabrim tugadi», deydi Mask.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil iyun oyi oʻrtalarida Tesla aksiyadorlari Maskning kompaniyani Texasga koʻchirish tashabbusini ma’qullagan edi. Shuningdek, bu shtatda yana bir milliarderning Neuralink kompaniyasi joylashgan.

Avvalroq «Kursiv» Ilon Mask qanday kitoblarni tavsiya qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek