Yangiliklar

Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida asosan qaysi mamlakatlarga ketmoqda

Eng ko‘p Tojikistonga borgan
Foto: diego_cervo / depositphotos.com

2024-yilning yanvar – iyun oylarida jami 19,5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakat fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp Tojikistonga – 10 ming nafar borgan. Keyingi oʻrinda 2,9 ming nafar bilan Rossiya joy oldi.

Uchinchi oʻrindan 2 ming nafar bilan Qirgʻiz Respublikasi joylashgan boʻlsa, oʻqish maqsadida Turkiyaga ketganlar soni 1 ming nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaga (948 nafar), Qozogʻistonga (764 nafar), Buyuk Britaniyaga (363 nafar), Xitoyga (320 nafar), Germaniyaga (190 nafar), AQSH (166 nafar) va boshqa mamlakatlarga (645 nafar) Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida ketgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga olti oyda 3,5 mln nafar sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.