Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mamlakatda turizmni rivojlantirish uchun $50 million ajratadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonga xorijlik sayyohlarni jalb qilish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish uchun respublika Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan kredit ajratilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

16-iyul kuni davlat rahbari ishtirokida Oʻzbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Tadbirda jamgʻarma tomonidan sayyohlik kompaniyalari uchun alohida kredit liniyasi ochilishi ma’lum qilindi. Jami kredit miqdori $50 millionga baholanmoqda.

Kreditlar oʻn yil muddatga yillik 17 foiz stavkada beriladi. Shuningdek, ikki yillik imtiyozli davr nazarda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga sayyohlar oqimi 13 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek