O‘zbekistonga $15,5 mlrd xorijiy sarmoya jalb etildi
Joriy yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotiga kapital oqimi 229 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan 15,5 milliard dollari xorijiy sarmoyadir. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi hududlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yil boshidan buyon mamlakatimizda qiymati 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushirildi, 76 mingta yuqori rentabelli ish o‘rni yaratildi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun 82 trillion so‘m kredit va 15,5 trillion so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Imtiyozlar hisobiga 56,3 trillion so‘m tadbirkorlar ixtiyorida qoldi.
Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvonda o‘tkazilgan iqtisodiy tajribalar tufayli mamlakatimizdagi 4 mingdan ortiq mahallalar sanoat va qishloq xo‘jaligiga jalb etildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2024-yilning yanvar – iyun oylarida 6,4 barobar oshgani haqida yozgan edi.