Yangiliklar

Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda

87 ta tumanda sanoat o‘sishi respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi
Rasm: Piqsels

Barcha vazirliklar va viloyatlar hokimliklarida Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil etish zarurligi haqida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyat hokimlari va mutasaddilariga yil oxirigacha 2 mingdan ortiq korxonalarning muammolarini hal etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini tiklash vazifasi yuklatildi.

Joriy yilda hududiy korxonalarda 164 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu segmentda oʻsish esa 8,6 foizni tashkil qildi.

87 ta tumanda sanoat o‘sishi respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi. Biroq ayrim hududlarda ishlab chiqarish hajmi pasaygan bo‘lsa, boshqalarida o‘sish kuzatilmagan.

To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan 295 ta korxonaning ishi tiklandi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 390 mlrd so‘mga oshdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga $15,5 mlrd xorijiy sarmoya jalb etilganini e’lon qilgan edi.