Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev 10 nafar hokimni ishdan bo‘shatdi

Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifiga ko‘ra
Rasm: Prezident matbuot xizmati

17-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish sur’atlarini taʼminlash boʻyicha videoselektor yig‘ilishida 28 ta tuman- shahar hokimilariga intizomiy jazo qo‘lladi. Sababi, ular faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo’l qo’ygan.

Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifiga ko‘ra, Qoraoʻzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Gʻozgʻon shahri hokimlarini ishdan chetlatiladi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Fargʻona viloyati misolida juda katta resurslar hali ishga solinmagani tahlil qilindi. Bundan buyon tuman hokimlarining oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdorligi boʻlishi belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 10 ta hisobdorlik koʻrsatkichini belgilash topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda 6,4 foizga o‘sganini e’lon qilgan edi.