UzAuto Motors’da qancha Cobalt qoldi va qanday narxda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kompaniya platformasida Gx – Optima At – Plus modeli qolmadi
Rasm: depositphotos.com

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da «UzAuto Motors» Cobalt avtomobillarini qayta kontraktatsiyaga qo‘ydi. Avtomobillarni sotish jarayoni haqida «Kursiv» maqolasida o‘qing.

Toshkent vaqti bilan soat 13:14 da savdo.uzavtosanoat.uz platformasida Gx – Optima At – Plus modeli qolmadi. Uning narxi 146,5 million so‘m edi. Biroq hozircha sotuvda Gx – Style At – Plus mavjud, uning narxi 147,9 million so‘mni tashkil etadi. Ushbu modelda jami 11 rang mavjud.

Eslatib o‘tamiz, «UzAuto Motors» kompaniyasi ilgari sotib olinmagan avtomobillarni kontraktatsiyaga qayta qo‘yadi. To‘lov etti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerak. Aks holda shartnoma bekor qilinadi.

Shuningdek