18-iyul kuni ba’zi viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida chang- to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: Piqsels

Bugun, 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida chang- to‘zon ko‘tariladi. Havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.

Toshkent shahrida havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 35-37 daraja issiq, kechasi esa 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi ob-havo 28 darajagacha issiq, kechasi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek