Amerika texnologiyalari universiteti: qachon, qayerda, qanday

eʼlon qilindi
Universitet 8 ta yo‘nalish bo‘yicha abiturientlarni qabul qiladi
Foto: Tzido / www.depositphotos.com

Poytaxtda yangi Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etilishi yuzasidan prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universitetining ta’lim jarayonini tashkil qilishda AQShning «Cintana Education» kompaniyasi hamkorlik qiladi.

Universitet muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar yo‘nalishlariga talabalarni qabul qiladi.

Amerika texnologiyalar universiteti nodavlat oliy ta’lim tashkiloti bo‘lib, o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zRning ta’lim sohasidagi qonunchiligi talablariga muvofiq yuritadi. Qabul parametrlari, bitiruvchilar attestatsiyasi va to‘lov-kontrakt miqdorini o‘zi belgilaydigan to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universitetining yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Berilgan diplom O‘zbekistonda ham tan olinadi.

Shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda «3+1», magistraturada «1+1» va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

«Cintana Education» kompaniyasi (AQSH) Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2024 – 2030 yillarda 30 million AQSH dollari, 2030 – 2035 yillarda 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni o‘z zimmasiga oladi. Universitetning andozasi, o‘quv-metodik, texnologik qo‘llab-quvvatlash, kutubxona fondini shakllantirish, uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan to‘ldirishda Arizona davlat universiteti bilan hamkorlik qilinadi.

Universitet uchun Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar «Cintana Education» kompaniyasiga 49-yil muddatga ijaraga beriladi. 2025-yil 1-sentabr sanasigacha Universitet kampusi qurilishi uchun Toshkent shahri hududidan zarur yer maydonining belgilangan tartibda ajratilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiq shahrida Muxtor Avezov universiteti filiali ochilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek