Banklardagi muammoli kreditlar miqdori kamaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng ko‘p NPL miqdori "Milliy bank"da qayd etilgan
Foto: Pixabay.com

NPL, ya’ni banklardagi muammoli kreditlar miqdori iyun oyida 936 mlrd so‘mga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, NPL 20 trln so‘mgacha pasaygan. Bu 936 mlrd so‘m kamayganini ko‘rsatadi.

Ushbu muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 4,3 % dan 4 % ga tushgan. Davlatga qarashli banklarda bu 4,4 %, xususiy banklarda esa 3,1 % ni tashkil etgan.

NPL ulushi «Milliy bank»da – 753 mlrd soʻm, SQB da – 231 mlrd va BRBda – 216 mlrd miqdorda kamaydi. Ushbu ko‘rsatkich boshqa banklarga qaragandan kattaroqdir.

Shuningdek, «Ipoteka bank»da NPL – 327 mlrd, ya’ni eng koʻp miqdorda  koʻpaygan.

Hozirgi kunda eng ko‘p muammoli kreditlarga ega banklar 2,9 trln so‘m bilan «Milliy bank», 2,7 trln so‘m bilan «Ipoteka-bank» va 2,6 trln so‘m bilan BRB bo‘lib turibdi.

«Oʻzmilliybank» muammoli kreditlarning eng katta hajmiga ega bo‘lsa-da, ularning portfeldagi ulushi bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past – 2,9%. Yuqoridagi uchta bankdan BRB eng katta ko‘rsatkichga ega (12,5%), ikkinchi o‘rinda «Ipoteka-bank» (7,5%).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistondagi qaysi banklardan kredit karta rasmiylashtirish mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek