Britaniya avtomobil brendi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtomobillar savdosi 2024-yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilmoqda
Foto: MG Motor Uzbekistan

Britaniyaning Morris Garages (MG) avtomobil brendi Oʻzbekiston bozoriga rasman kirib kelmoqda. Bu haqda kompaniyaning mamlakatdagi rasmiy vakili xabar berdi.

Brend distribyutori Machinery motors investment group boʻlib, 2024-yil kuzda avtomobillar savdosini boshlashni rejalashtirmoqda.

Foto: MG Motor Uzbekistan

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Oʻzbekistonda MG’ning quyidagi modellari sotuvga chiqaradi:

  • MG ZS — yarimixcham krossover;
  • MG HS — Ixcham lyuks krossover;
  • MG 4 EV — manyovrli elektr xetchbeki;
  • MG 7 — sport liftbeki;
  • MG Cyberster — ajoyib elektr rodster.

Ma’lumot uchun, kompaniya 1924-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan boʻlib, kompaniyaning sport avtomobillari bir necha bor tezlik rekordlarini oʻrnatgan.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Oʻzbekistonda BYD, Kia, Chery, Haval kabi chet el avtomobil brendlari ishlab chiqarilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Kia va BYD Oʻzbekiston avtomobil bozorida ikkinchi oʻrin uchun kurashayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek