Davaktiv «Neftgazmontaj»ning 100 foiz davlat ulushini sotuvga qoʻydi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Neftgazmontaj» MChJning 100 foiz davlat ulushini sotuvga qoʻydi. Bu haqda agentlik portalida ma’lumot berildi.
«Mosaic Financial» kompaniyasi ushbu bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi. Investorlardan arizalar 27-avgustgacha qabul qilinadi.
«Neftgazmontaj» Oʻzbekiston bozorida 2004-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya qurilish-montaj ishlari bilan shugʻullanadi.
2024-yilning yanvar – mart oylarida korxonaning sof foydasi 147,5 million soʻmdan oshdi va yillik oʻsish 3,6 baravarga oshdi.
Kompaniyaning moliyaviy hisobotida ma’lum qilinishicha, «Neftgazmontaj»ning umumiy daromadi bir yil davomida 25,3 milliard soʻmdan 20 milliard soʻmga kamaydi.
Avvalroq «Kursiv» «Andijon biokimyo zavodi»ning 96 foiz davlat aksiyasi 101,3 mlrd soʻmga sotilgani haqida xabar bergan edi.