Sadir Japarov Toshkentda qanday kutib olindi – foto
eʼlon qilindi
Davlat tashrifi doirasida
Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Japarovni poytaxt aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan kutib oldi.
Davlat tashrifi doirasida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar olib borilishi, hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, Japarov Toshkentdan tashqari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Qirgʻiziston biznes forumida umumiy qiymati $206,6 millionlik shartnomalar imzolangani haqida yozgan edi.