Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan afg‘on qizlarini o‘qitish loyihasini muhokama qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim va madaniyat sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Afgʻonistonlik qizlarni Termiz shahrida oʻqitish loyihasi hamda Oʻzbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish boʻyicha grant oʻrinlarini koʻpaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva va AQSH elchisi bilan inson huquqlarini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek