Samarqandda samolyotda bomba borligi haqidagi yolg‘on xabar tufayli Moskvaga parvoz kechiktirildi
17-iyul, chorshanba kuni «Ural Airlines» reysi yo‘lovchisi Samarqandga qo‘nganidan so‘ng «Airbus 320» samolyoti minalanganini aytdi, deb xabar berdi URA.RU.
«Bu odam styuardessalarni samolyotda portlovchi moslama borligiga ishontira boshladi va salondan chiqishni qat’iyan rad etdi, na ekipaj a’zolari, na bortga chaqirilgan aviakompaniya vakili yo‘lovchini ishontira olishmadi», deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
Shundan so‘ng «Ural Airlines» vakili huquq-tartibot xodimlariga qo‘ng‘iroq qilgan.
«Hech qanday portlovchi moslama topilmadi. «Airbus 320» esa deyarli uch soatlik kechikish bilan Moskvaga qaytib keldi», deya ta’kidladi «Ural Airlines».
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi deyarli 40 foizga oshgani haqida yozgan edi.