Yangiliklar

Toshkentdan Buxoroga qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

Qatnovlar 23-avgustdan boshlanadi
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

«Toshkent – Buxoro – Toshkent» yoʻnalishi bo‘yicha qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning 23-avgust kunidan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari 778/777-sonli «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yoʻnalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

778-sonli «Toshkent – Buxoro» yoʻnalishi

Toshkent 6:59 – Buxoro 11:05

777-sonli «Buxoro – Toshkent» yoʻnalishi

Buxoro 16:12 – Toshkent 20:20

Ma’lumot uchun, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezd harakati yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.