Yandex’ning sobiq menejeri TBC Uzbekistan’ning SI departamentini boshqaradi
Konstantin Kruglov TBC Uzbekistan sun’iy intellekt (SI) boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi, deb xabar qildi bank matbuot xizmati «Kursiv»ga.
Kruglov faoliyatini «Deutsche Bank»da boshlagan. 2017-yilda u Yandex’dan «Alisa» aqlli dinamikni ishlab chiqish loyihasini boshqargan.
SberDevices bosh direktori sifatida 2 ming kishilik jamoani tuzib va uning boshqaruvida ovozli yordamchini yaratishdi.
«Bizning maqsadimiz – sun’iy intellekt bazasida raqamli bank ekotizimini qurish, uning asosiy elementlari dastlabki bosqichda o‘zbek tili va ovozli kanallarda qo‘llaniladigan yirik til modellarini qo‘llab-quvvatlaydigan virtual yordamchi bo‘ladi», – deya izoh berdi Kruglov tayinlanishi haqida.
TBC Uzbekistan’ning qayd etishicha, Kruglov asli samarqandlik va hozirda Londonda istiqomat qiladi. Shu bilan birga, u Buyuk Britaniya poytaxti va Toshkent o‘rtasida vaqtini taqsimlaydi.
Eslatib o‘tamiz, «TBC Group Uzbekistan» bosh direktori Nika Kurdiani Kruglov SI departamenti rahbari lavozimiga 2024-yil iyun oyi boshida tayinlanganini ma’lum qilgan edi.