Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian missiyasini yakunladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi
Foto: Piqsels

Yevropa Ittifoqining (YI) O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian respublikadagi missiyasini yakunladi, deb xabar qildi respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Adrian bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazdi. Vazirlik boshlig‘i uning O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.

Adrian 2021-yil mart oyida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. Bungacha u ittifoqning Qirg‘izistondagi elchisi bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Nodir G‘aniyevning diplomatik missiyasi yakunlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek