Qaysi qovun va tarvuzlar sog‘liq uchun zararli ekani ma’lum bo‘ldi
Hech qachon yoʻl boʻyida sotilayotgan tarvuz va qovun sotib olmaslik kerak, deya xabar bermoqda Sanepid qoʻmita axborot xizmati.
Bu kabi holatda sotilayotgan poliz mahsulotlari avtotransport chiqindilaridagi toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi va sogʻliq uchun zararli boʻlib qolishi ta’kidlandi.
Diyetologlar faqat pishgan qovunni boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan iste’mol qilishni maslahat berdi. Shuningdek, qovunni och qoringa, kechqurun soat 17:00 – 19:00 dan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
«Uglevod mahsulotlarini kechqurun iste’mol qilish insulinning koʻpayishi va yogʻlarning toʻplanishiga olib keladi. Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar mavjud: oshqozon yarasi yoki gastritning kuchaygan davrida qovunni iste’mol qilmaslik kerak», deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, qovun asab tizimiga foydali va kayfiyatni yaxshilashi ta’kidlandi. Homilador ayollar uchun V9 vitamini yoki foliy kislotasi tufayli homilaning asab tizimi toʻgʻri rivojlanishi uchun qovun iste’moli tavsiya etiladi.
Avvalroq «Kursiv» Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi aholini yo‘l chetida muzqaymoq xarid qilmaslikka chaqirgani haqida xabar bergan edi.